7–8-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV VA TADQIQIY AI TOPSHIRIQLARINI TASHKIL ETISH
Keywords:
sun’iy intellekt, matematika ta’limi, tadqiqiy topshiriqlar, interaktiv o‘quv muhit, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, matematik modellashtirish, STEM kompetensiyalari.Abstract
Ushbu maqolada 7–8-sinf matematika darslarida sun’iy intellekt (AI) asosida tadqiqiy topshiriqlarni loyihalash masalasi o‘rganilgan. Tadqiqot zamonaviy ta’lim paradigmasida o‘quvchini mustaqil fikrlovchi, muammolarni tahlil qiluvchi va yangi bilimlar yaratishga qodir shaxs sifatida shakllantirish muhimligini ta’kidlaydi. AI asosidagi tadqiqiy topshiriqlar o‘quvchilarning matematik tushunchalarni chuqur anglash, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, matematik modellashtirish va vizual ifodalash kompetensiyalarini oshirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov natijalari ushbu metodning o‘quvchilarning bilish faolligini sezilarli darajada faollashtirishini, muammoni tahlil qilish, gipoteza ilgari surish va algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali ekanini ko‘rsatdi. Natijada, AI texnologiyalaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish matematika ta’limini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va o‘quvchilarning STEM yo‘nalishlariga qiziqishini oshiradi.
References
1. Inoyatov U.I. Ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning didaktik asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. Muslimov N.A. Pedagogik innovatsiyalar va ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
3. Djuraev R.X. Matematika ta’limida muammoli o‘qitish texnologiyalari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2017.
4. Piaget J. The Psychology of Intelligence. — London: Routledge, 2001.
5. Luckin R. Machine Learning and Human Intelligence: The Future of Education for the 21st Century. — London: UCL Institute of Education Press, 2018.
6. OECD. PISA 2021 Results: Creative Thinking in Education. — Paris: OECD Publishing, 2023.
Published
How to Cite
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.



