Х – VIRUSINING KARTOSHKA MAHSULDORLIGIGA TAЪSIRI
Main Article Content
Abstract
O‘zbekistonda kartoshkaning virus kasaliklari keng tarqalgan va ular ekin hosildorligi va urugʼlik sifatlarini pasaytiradi. Viruslar keltiradigan zarar miqdori esa ekinning nafaqat urugʼlik sifatlarini, balki hosildorlikning pasayishiga ham olib kelishi bilan xarakterlanadi. Bu zarar o‘simlikdagi fiziologik jarayonlarning buzilishi natijada ularning o‘sishi va rivojlanishidagi anomal holatlarga olib kelishi tufayli sodir bo‘ladi. Bunday taʼsir esa o‘simliklarning mahsuldorligida aks etadi. Kartoshkaning Farovon navining elita maydonlarida viruslardan sogʼlom o‘simliklarning mahsuldorligi har bir tupdan o‘rtacha 620 grammni, X-virusi bilan zararlangan o‘simliklarda esa 550 grammni tashkil qildi. Har bir o‘simlikda shakllangan tuganaklar soni muvofiq ravishda 9 va 7,8 donani tashkil qilib, X virusi taʼsirida har bir o‘simlikda shakllanadigan tuganaklar soni o‘rtacha 1,2 donaga kamaydi. Farovon navida o‘simliklarning X virusi bilan yashirin shaklda zararlanishi mahsuldorlikni 13,9% pasaytiradi. Mahsuldorlikning pasayishi tuganaklar sonining va massasini kamayishi hisobiga kuzatiladi. Shuning uchun kartoshka urugʼchiligida nafaqat yaqqol shakldagi, balki yashirin shakldagi zararlanishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni qo‘llash lozim.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
How to Cite
References
Li J.H Prospects for the use of true seed to growPotato. Res for pot. in the year 2000 1983 P. 17
Spence J. Chambers F. Potato stove ventilation. Seed Potato. 2006. № 6. 35-38
Anon A., Potato virus research. Intern. Pot. Center, Lima, 1984, p. 55-63.
Bedin P. Ledefanage: avant toun but Sanitere. Cultiwar. 2005. № 2. 103
Ergashev I.T., Bezvirusnoe semenovodstvo kartofelya. Т. “Fan”. 2007. 165p.
Eshonkulov B. Ergashev I. Obloqulov F. “Potato production from True Potato Seed” Wissenschaftliche Zeitschrift „European Applied Sciences” ISSN 2195-2183, № 4 2016
Ergashev I.T., Begimqulov.I.B. Razzokov J. Oblakulov F. Scaintific hyрotesis “Variety and population in agrobiocenosis of potatoes” International Journal of Psychosocial Rehabilation. ISSN:1475-7192. Page No. 4638-4641 https://www.psychosocial.com/article/PR260452/14754/
Бекмурадова, Х. K., & Исмоилов, А. И. Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan. ББК 65.2 С56, 58.
Бекмурадова, Х. К., Исмоилов, А. И., & Ахмадалиев, Б. Ж. (2019). ОЦЕНКА ИСХОДНОГО МАТЕРИАЛА ДЛЯ СОЗДАНИЕ НОВЫХ УСТОЙЧИВЫХ К ВИРУСНОЙ МОЗАИКЕ СОРТОВ ТОМАТА. Актуальные проблемы современной науки, (3), 170-173.